locale OZ

YCHL. «Vilyarreal» va «Yuventus» uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

Turin klubi so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YCHL. «Vilyarreal» va «Yuventus» uchrashuvida g'olib aniqlanmadi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Vilyarreal" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Dastlab 18-daqiqada mezbonlar hujumchisi Jorj Mikautadze hisobni ochdi. 49-daqiqada turinliklar Federiko Gattining goli evaziga hisobni tenglashtirdi, oradan 7 daqiqa o'tib, Fransisku Konseysau hisobda "keksa sinyora"ni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Renatu Veiga gol urib, ispan klubiga durang keltirdi.

Natiijada "Yuventus" 2 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Ispaniya klubi hisobida bir ochko bor.

Chempionlar ligasi, 2-tur

01.10.2025, chorshanba, 23:59

Vilyarreal - Yuventus - 2:2

Gollar: Mikautadze, 18 (1:0). Gatti, 49 (1:1). Konseysau, 56 (1:2). Veiga, 90 (2:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting