YChL. «Barselona» o'z maydonida «Olimpiakos»ni yirik hisobda magʻlub etdi
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan oʻrin olgan bahsda «Barselona» oʻz maydonida «Olimpiakos»ni qabul qildi va yirik 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga kataloniyaliklardan Fermin Lopes (xet-trik), Markus Reshford (dubl) va Lamin Yamal mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob to'pi esa Ayub El Kaabi hisobiga yozildi.
Shu tariqa, «Barselona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 6 taga yetkazib oldi va onlayn turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda. «Olimpiakos» hisobida esa 1 ochko mavjud va gretsiyaliklar 32-o‘rinni band etgan.
YChL. 3-tur
«Barselona» — «Olimpiakos» 6:1
Gollar: Fermin Lopes (7, 38, 76), Reshford (74, 79), Yamal (pen. 68) — El Kaabi (pen. 53).
Barselona – Shesni, Kunde (Arauxo, 75), Erik Garsiya, Pau Kubarsi, Balde (Martin, 75), Kasado, Pedro Fernandes (De Yong, 59), Pedri (Bernal, 81), Yamal, Fermin, Reshford.
Olimpiakos – Tsolakis, Koshtinya, Resos, Pirola, Ortega, Martins, Dani Garsiya, Podense, Shikinyu (Nasimento, 31), El Kaabi (Torimiy, 77).