Yangi «Kamp Nou» stadionida Messiga haykal oʻrnatilishi mumkin
«Barselona» prezidenti bu loyihani rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning afsonaviy sobiq futbolchisi Lionel Messi sharafiga yangi «Kamp Nou» stadionida haykal oʻrnatishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
«Leo Messi bunday sharafga toʻla munosib. Biz haykal loyihasini ishlab chiqamiz, uning oilasi bilan kelishib olamiz. Agar ular rozi boʻlsa, bu ishni amalga oshiramiz», — dedi Laporta.
Maʼlumot uchun, Messi 2000 yildan 2021 yilga qadar «Barselona» tizimida faoliyat yuritgan. Argentinalik yulduz klub tarixi boʻyicha eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi — 778 ta oʻyinda 672 ta gol.
Shu bilan birga, u jamoa safida yetti marta «Oltin toʻp» sovrinini qoʻlga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist