locale OZ

Yan Diomandning «Real»ga transferi nega kechikmoqda?

Muzokaralar davom etmoqda va bitim bekor bo‘lgani yo‘q.
Yan Diomandning «Real»ga transferi nega kechikmoqda?
ФОТО: Getty images

Kot-d'Ivuar terma jamoasi va “RB Leyptsig” vingeri Yan Diomandning “Real”ga o‘tishi hali ham rasman tasdiqlanmagan. Insayder Florian Plettenberg bu transferning kechikishi sabablarini ma’lum qildi.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, asosiy muammo klublar o‘rtasidagi muzokaralarda yuzaga kelgan. “RB Leyptsig” “Real”ning so‘nggi taklifiga hali javob bermagan va shu sababli madridliklar hanuzgacha qarshi taklifni olishmagan. Natijada transfer qiymati bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Shunga qaramay, Plettenbergning ta’kidlashicha, muzokaralar davom etmoqda va bitim bekor bo‘lgani yo‘q.

Avvalroq Yevropa OAVlari Diomand tez orada “Real” futbolchisiga aylanishi haqida xabar tarqatgandi. Manbalarga ko‘ra, transfer qiymati 100 million yevrodan oshadi. Klublar muzokaralarning hal qiluvchi bosqichiga kirgan.

Shuningdek, insayderlar “RB Leyptsig” madridliklarning 100 million yevro va 115 million yevrolik ikki taklifini ham rad etganini ma’lum qilishgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting