locale OZ

Yan Diomand — «Real» futbolchisi (Romano)

Transfermarkt portaliga ko'ra, Diomandning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.
Yan Diomand — “Real” futbolchisi (Romano)
ФОТО: Getty images

“RB Leyptsig” vingeri Yan Diomand faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 26-iyul kuni “Real” va “RB Leyptsig” transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Kot-d’Ivuarlik qanot hujumchisining transfer qiymati 100 million yevrodan oshadi.

Diomand shu hafta Madridga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tadi hamda 2031 yil iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

21 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Diomandning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting