locale OZ

Yamal: «Monjuik» yomon emas, lekin bu biz xohlagan muhit emas edi»

«Barselona» hujumchisi «Kamp Nou»ga qaytish haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal: «Monjuik» yomon emas, lekin bu biz xohlagan muhit emas edi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal jamoa uchun o‘z maydonida muxlislar qo‘llovi qanchalik muhimligini ta’kidladi.

«Muxlislarning ahamiyati juda katta. Biz o‘zimizniki bo‘lmagan stadionda o‘ynadik. «Monjuik» yomon emas, lekin bu biz xohlagan muhit emas edi. «Kamp Nou» esa jamoa uchun ulkan qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi va mavsumning qolgan qismiga katta ta’sir ko‘rsatadi», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Marca.

Maʼlumot uchun, Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, iste’dodli hujumchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting