locale OZ

Yamal La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

O‘tgan mavsumda u chempionatda 28 ta o‘yinda 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
ФОТО: Getty images

“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal La Liga rasmiy sayti talqiniga ko‘ra, 2025-2026-yilgi Ispaniya chempionati mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yamal “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2023-yildan buyon asosiy jamoa safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u chempionatda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu yil Yamal “Barselona” bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u klub bilan yana ikki marta mamlakat chempionati, ikki marta Superkubok va bir marta Ispaniya Kubogida g‘olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting