locale OZ

Yamal: \"G'alaba qozonar ekanman, hech kim hech narsa deya olmaydi. Avval mag'lub qil, keyin ko'ramiz\"

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Yamal: "G'alaba qozonar ekanman, hech kim hech narsa deya olmaydi. Avval mag'lub qil, keyin ko'ramiz"
PHOTO: Telegram

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal “Inter Milan”ga qarshi chempionlar ligasi yarim final dastlabki o'yinidan avvalgi matbuot anjumanida qatnashdi. Aytish kerakki, ushbu anjuman anchagina qiziqarli tarzda o'tdi.

“Raqibimiz kuchli. Ular yaxshi himoyalanadi va qarshi hujumlarda yevropadagi eng yaxshi jamoalardan biri”,-deb ertangi raqibiga ta'rif bergan 17 yoshli futbolchi o'ziga hos xarakter egasi ekanligini ko'rsatdi.

“Qo'rquvni uzoq yillar avval o'zim katta bo'lgan Matarodagi (Mataro bu- Kataloniyaning chekka shaharlaridan biri va tashlandiq harobalar so'zini qisqartmasi) avtoturargohlarga tashlab kelganman",-deb javob berdi qo'rquv haqidagi savolga

Jurnalistlar Yamalni Messi bilan taqqoslab savol berishdi. O'n yetti yoshingda yuzdan ortiq uchrashuvda “Barselona” libosini kiyding, Messi esa bu yoshda atigi yetti marta o'ynagan halos.


“O'zimni hech kim bilan taqqoslamagan bo'lardim. Shunchaki o'zimni rivojlantirishga harakat qilaman va bu sarguzashtdan zavqlanaman. Messiga qoyil qolaman, chunki u tarixdagi eng yaxshi futbolchi”

Lamin Yamal erasi keldimi?

“Yo'q, yo'q. Bu ”Barselona" erasi, Yamalniki emas. Messi “Inter”ga qarshi to'rt uchrashuvda gol ura olmagan? Bu ahamiyatga ega emas. U boshqa juda ko'plab klublarga to'p kiritgan. Umid qilamanki, men “Inter”ga gol uraman"

Lamin “Real Madrid” to'g'risida shunday dedi:

“Bu yil ular biz uchun hech narsa qila olmadi. Madomiki men g'olib bo'lar ekanman, menga hech narsa ayta olishmaydi. Avval meni yutishsin, keyin gapirishsin”

“2015 yili ”Barsa"ning treblini bola sifatida tomosha qilganmiz. Klub yuragimizda joylashgan va uning libosi biz uchun qadrli. Raqib futbolchilaridan Barella va Lautaro menga ko'proq yoqadi, biroq “Inter”da zo'r futbolchilar ko'p. Ular so'ngi uch uchrashuvda mag'lub bo'lishgani fakt, lekin chempionlar ligasi umuman boshqa darajadagi turnir"

Chempionlar ligasi 1/2 final

“Barselona” - “Inter”

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting