Yamal: «Futbol oʻynashda davom etar ekanman, hammasiga erishaman»
«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal kelajakdagi eng katta orzulari haqida gapirdi.
Unga ko‘ra, futbolchi Chempionlar Ligasi, Jahon chempionati yoki «Oltin to‘p»dan qaysi birini ko‘proq qo‘lga kiritishni xohlashi borasidagi savolga quyidagicha javob berdi.
«Men bularning barchasini xohlayman. Umid qilamanki, hammasiga erishaman. O‘ynashni davom ettirar ekanman — buning imkoni bor», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Marca.
Joriy mavsumda yosh iqtidor «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.