Xorazm U21 futbolchilari asosiy tarkib libosidan farq qiladigan liboslarda maydonga tushdi
PHOTO: Telegram
Superliga 5 turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Liga komissari “Xorazm” 0:1 “OKMK” o'yinida yuzaga kelgan muammolarni pratakolga kiritdi.
Uchrashuv yakunida bir necha bolalar maydonga yugurib tushgan. O‘yin Olmaliq shahrida tashkil etilgani, garchi mezbon Xorazm klubi bo‘lsa-da, OKMK tashkilotchilik bilan bog‘liq masalalarni o‘z zimmasiga olganidan kelib chiqib, OKMK klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.
U21 jamoalari ishtirokidagi o‘yinga xorazmlik futbolchilar asosiy tarkibniki libosidan farq qiladigan liboslarda chiqib kelgan. Liga Xorazm klubidan reglament bandlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘raydi va klubni rasman ogohlantiradi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor