locale OZ

Xoland: «Navbatdagi ajoyib kecha va men bundan juda faxrlanaman»

Erling Senegalga qarshi bahsda dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xoland: «Navbatdagi ajoyib kecha va men bundan juda faxrlanaman»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Norvegiya
3
Senegal
2

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi jahon chempionatidagi ketma-ket ikkinchi dubl haqida fikr bildirdi. Forvard guruh bosqichining 2-turida Senegal milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda (3:2) ikkita gol urdi. Birinchi turda esa Erling Iroq darvozasiga ham ikki bor yo‘l topgandi (4:1).

«Yana bir bor o‘ziga xos hislar! Navbatdagi ajoyib kecha va men bundan juda faxrlanaman. Bahra olyapman. Debyutimdan beri Norvegiya uchun o‘ynash menga yoqadi — buni ko‘rish mumkin. Jahon chempionati — bu ajoyib!» — dedi Xoland FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulgacha davom etadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting