locale OZ

Senegal himoyachisi: «Holandni to‘xtatish uchun unga sakrashga yo‘l qo‘ymaslik kerak»

O‘yin 23 iyun kuni soat 05:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Senegal himoyachisi: «Holandni to‘xtatish uchun unga sakrashga yo‘l qo‘ymaslik kerak»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Norvegiya
3
Senegal
2

Senegal terma jamoasi himoyachisi Mussa Nyakate JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Norvegiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv arafasida hujumchi Erling Holandni qanday qilib to‘xtatishni rejalashtirayotganini tushuntirdi.

«Holandni jarima maydonchasida boshqa har qanday hujumchiga qaraganda qattiqroq ushlashga harakat qilish kerak, chunki unga hech qachon sakrashga imkon berib bo‘lmaydi. Bu raqibga qanday muammolar tug‘dirishni biladigan aqlli hujumchi», — deya Nyakatening so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Équipe.

Birinchi turda Holand Iroq darvozasiga dubl qayd etdi (4:1). Norvegiya I guruhida uch ochko jamg‘ardi, Senegal esa Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:3) so‘ng ochko ololmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting