Xojiakbar Alijonov Eron chempionatida to'p surishi mumkin
“Persepolis” klubi “Paxtakor” va himoyachi bilan transfer shartlarini muhokama qilmoqda
Rasm: Gazeta.uz
O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi himoyachisi Xojiakbar Alijonov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, Tehronning mashhur “Persepolis” klubi futbolchi transferi yuzasidan Toshkent jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.
Alijonov va Eron klubi o‘zaro shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi barcha narsa “Paxtakor”ning qarorini kutmoqda. Agar klub taklifni qabul qilsa, 28 yoshli himoyachi Eron Pro-ligasida to‘p suradigan navbatdagi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Ta’kidlash joiz, Xojiakbar Alijonovning transfer bahosi hozirda 800 ming yevroga baholanmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor