locale OZ

Xavi MUni boshqarishga tayyor

Uning eng oxirgi ish joyi "Barselona" edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi MUni boshqarishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi “Manchester United”da ishlashga tayyor. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis “qizil iblislar”dan tushadigan takliflarga ochiq. Xavi Angliya Premer-ligasini yaqindan kuzatib keladi. “MU” Yevrokuboklarda ishtirok etmasa ham, uni boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Xavining eng oxirgi ish joyi "Barselona" edi. Ispaniyalik futbolchi 2021-yilning noyabridan 2024-yilning iyunigacha “blaugrana”ni boshqargan.

Uning qo‘l ostida “blaugrana” 2022/2023-yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo‘ldi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting