locale OZ

Xaver Tebas: «Menimcha, hozirgi keskinlikning manbai «Barselona» emas. Bu — «Real»

La Liga prezidenti «Real»ni tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xaver Tebas: «Menimcha, hozirgi keskinlikning manbai «Barselona» emas. Bu — «Real»
FOTO: Getty Images

La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi tarang munosabatlar hamda hakamlik borasidagi bahslar haqida fikr bildirdi.

«Mening fikrimcha, hozirgi keskinlikning manbai «Barselona» emas. Qolgan klublar ham emas. Bu — «Real»: «Barselona»ga qarshi, hakamlarga qarshi… hammaning qarshisida. Menimcha, bu noto‘g‘ri va xato yo‘l bilan amalga oshirilmoqda, noto‘g‘ri narrativ shakllantirilmoqda.

Ushbu narrativning mohiyati shundan iboratki, go‘yoki hozirgi hakamlik xatolari 2019 yoki 2017 yillardagi voqealarning oqibati emish. Hakamlar hozir bosim ostida ishlayapti yoki xolis emas degan tasavvur yaratilmoqda. Bu juda xavfli, chunki bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo bu narrativ ataylab shakllantirilmoqda va oxir-oqibat keskinlikning kuchayishiga olib kelmoqda», — deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Real» prezidenti Florentino Peres Negreyra ishi futbol tarixidagi eng jiddiy mojaro ekanini ta’kidlagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting