Xabi Alonso “Real”ni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga olib boradi
Alonso 1 iyun kuni “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Anchelotti hali rasmiy ravishda lavozimidan ketmagan bo‘lsa-da, uning o‘rnini “Bayer”ning sobiq murabbiyi egallashiga deyarli shubha qolmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispan mutaxassisi bilan shartnoma 2028 yilgacha tuzilgan. Alonso ishga AQShda iyun o‘rtalarida boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar kirishadi.
Alonsoning Madrid klubiga bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar butun mavsum davomida davom etdi. 11 may kuni u “Bayer” bosh murabbiyi sifatida Leverkuzendagi so‘nggi uy o‘yinida jamoasini boshqardi. 2,5 yil ichida Alonso:
“Bayer”ni klub tarixida ilk bor Germaniya chempioni qildi
Germaniya Kubogi va Superkubogiga ega chiqdi
Futbolchi sifatida Xabi Alonso 2009–2014 yillarda “Real Madrid” safida to‘p surgan va ushbu davrda klub bilan Chempionlar Ligasi hamda boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.