locale OZ

Xabi Alonso “Real”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Real”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
FOTO: Wolfgang Rattay | Reuters

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Men hali hech qanday qaror qabul qilganim yo'q. Ha, o'tgan hafta Ispaniyada bo'ldim, lekin hech kim bilan gaplashmadim. Men bor e'tiborimni faqat bu mavsumga qaratganman. Biz hozir eng muhim bosqichdamiz”, - deydi Alonso.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da germaniyalik mutaxassis Karlo Anchelotti o'rniga asosiy nomzodlardan biri ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Xabi Alonso 2022-yildan buyon “Bayer”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida leverkuzenliklar 2023/2024-yilgi mavsumda Bundesliga chempionligi va Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting