locale OZ

Xabi Alonso «Real»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso «Real»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Xabi Alonso «Real»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Germaniyaning «Bayer» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Madridning «Real» jamoasiga ehtimoliy o'tishi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis intervyusida tarqalayotgan mish-mishlarga jiddiy qaramayotganini ta'kidladi.

«Biz uchun bu gap-so'zlar ahamiyatsiz. Butun diqqat-e'tiborimizni mavsumning qolgan qismiga qaratganmiz. U hali yakunlanmaganini unutmaslik kerak.

Oldimizda chempionatda yana beshta o'yin bor va biz to'liq jamlangan holda harakat qilishimiz kerak», — dedi Alonso.

Uning qo'shimcha qilishicha, hozirda kelajak haqida gapirish o'rinsiz:
«Spekülatsiya, mish-mishlar yoki kelajak haqida gapirishni istamayman. Bu to'g'ri tayyorgarlikka halal beradi».

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Alonso vakillari «Real» rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Bayer» klubi rahbariyati mavsum yakunlangach, murabbiy jamoani tark etishi mumkinligini istisno qilmayapti. «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida mag'lub bo'lganidan so'ng, ushbu mish-mishlar yanada kuchaydi.

Eslatib o'tamiz, madridliklarning hozirgi bosh murabbiyi — Karlo Anchelotti. Uning klubdagi kelajagi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting