locale OZ

Xabi Alonso “Real Madrid” rahbariyatiga qaysi futbolchilarni sotib olishni istayotganini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Real Madrid” rahbariyatiga qaysi futbolchilarni sotib olishni istayotganini aytdi
FOTO: Getty Images

Mavsum oxirida “Bayer”ni tark etib, “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Xabi Alonso yangi jamoasida qanday taktik sxemada o'ynash niyatida ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Alonso 3-4-3 sxemasini afzal ko'radi. Bu taktik g'oyalarni amalga oshirish uchun mutaxassis “Real”dan bir nechta o'yinchilarni sotib olishni talab qilmoqda.

Xususan, “Qirollik klubi” qanot himoyasini kuchaytirishi kerak. O'ng qanot himoyachisi vazifasini “Real” o'tishi kutilayotgan Trent Aleksandr-Arnold egallaydi. Shu bilan birga, ispan grandi chap qanot himoyachisini ham qidirmoqda.

Qayd etilishicha, Alonso “Los Blankos”dan markaziy himoyachi sotib olishni ham so'ramoqda va “Bornmut” futbolchisi Din Xeyzenning nomzodi ilgari suriloqda. Ispaniyalik mutaxassis yana bir yarim himoyachi sotib olishi kerak.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting