locale OZ

Xabi Alonso “Real Madrid” rahbariyatiga o'z rejalarini ma'lum qildi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Xabi Alonso “Real Madrid” rahbariyatiga o'z rejalarini ma'lum qildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turgan Xabi Alonso ikki nafar himoyachi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bergan.

Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatiga o‘zining transfer borasidagi rejalari haqida ma’lumot bergan. Alonso “Bornmut” futbolchisi Din Xeysen hamda “Benfika”ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni “qirollik klubi”ga olib kelishni istamoqda.

Manbada yozilishicha, “qaymoqranglilar” bu ikki futbolchining transferi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor. “Bornmut” “Real”dan Din Xeysenning shartnomasida ko‘rsatilgan 58 million yevrolik tovon pulini to‘lashni talab qilmoqda.

Shuningdek, Karrerasning ham “Benfika” bilan shartnomasida 50 million yevro to‘lash shart, deyilgan band mavjud. Madridliklar ushbu summani to‘lashga tayyor, lekin hozircha boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Joriy mavsum Din Xeysen Angliya Premyer Ligasi hamda mamlakat kubogi doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ygan. Alvaro Karreras esa 48 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting