Xabi Alonso «Real Madrid» bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarildi
Madrid klubi murabbiy bilan kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.
ФОТО: Getty images
"Real" klubi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan xayrlashganini rasmiy eʼlon qildi.
Klub bayonotiga ko‘ra, tomonlar amaldagi shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishga qaror qilishgan.
Maʼlumot uchun, "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
La Ligada jamoa 19 turdan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Barsa"dan 4 ochkoga ortda qolishyapti.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozida "Real" boshqaruviga kelgandi. Uning klub bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist