Xabi Alonso rasman ertaga \"Real Madrid\" bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi
Xabi Alonso “Real Madrid” hamda dunyo futbolining buyuk afsonalaridan biri hisoblanadi.U 2009-2014 yillar davomida 236 marta madridliklar libosini kiygan. Bu davr mobaynida klub oltita turli hil sovrinlarni qo'lga kiritishida o'zining ulkan hissasini qo'shgan.
Alonso shuningdek Ispaniya terma jamoasining afsonalaridan biri ham hisoblanadi. 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempionati g'olibi hamda 2010 yilda Jahon chempioni sifatida tarixda qolgan.
Xabi murabbiylik faoliyatini “Real Madrid”ning akademiya yoshlari jamoasida boshlagan va sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Ayni damda u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida qirollik klubiga qaytmoqda. “Bayer” bilan birgalikda Bundesliga chempionligini, Germaniya kubogi hamda Germaniya superkubogini qo'lga kiritib tarix yoza olgan murabbiy endi qadrdon jamoasida yangi tarixni yozish uchun qiziqarli sarguzashtni boshlab beradi.
Ertaga 26 may sanasida Xabi Alonso rasman “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. Undan oldin esa klub prezidenti Florentino Perez bilan birgalikda uch yillik shartnomaga qo'l qo'yish marosimida ishtirok etadi. Taqdimotdan keyin esa Alonso ommaviy axborot vositalari bilan uchrashadi va matbuot anjumanida ishtirok etadi.