locale OZ

Xabi Alonso: Mbappe o‘ynashga tayyor

“Real” murabbiyi yulduz futbolchining sog‘ligi yaxshilanganini ma’lum qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kylian Mbappening sog‘ligi haqida rasmiy ma’lumot berdi.

– Mbappe o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. U o‘yinga tayyor, – dedi Alonso Madrid Xtra nashriga.

Ma’lumki, 19 iyun kuni fransiyalik hujumchi o‘tkir gastroenterit tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Ushbu kasallik tufayli futbolchi 4–5 kilogramm vazn yo‘qotgan. Og‘ir ahvolga qaramay, Mbappe 25 iyun kuni jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi.

Avvalroq, uning faqat mevalar bilan ovqatlanib, faqat suv ichgani xabar qilingandi. U 18 iyun kuni “Al-Hilol”ga qarshi (1:1) o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan edi.

Endilikda u Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida “Yuventus”ga qarshi muhim bahsda ishtirok etishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting