Xabi Alonso Garsiyani «Real»da saqlab qolmoqchi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya yozda boʻlib oʻtgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ajoyib oʻyin koʻrsatib, 4 ta golga mualliflik qildi. Biroq joriy mavsumda u atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Goal nashrining xabariga koʻra, Garsiyaning yetarli oʻyin amaliyotiga ega emasligi qishki transferlar vaqtida bir qator klublarning unga boʻlgan qiziqishini oshirishi kutilmoqda.
Biroq, shunga qaramay, «Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso 21 yoshli forvardni jamoada saqlab qolmoqchi. Mutaxassis futbolchidan umidlar katta ekanini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, Gonsalo Garsiyaning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar moʻljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.