locale OZ

Xabi Alonso «Chelsi»ga Kilian Mbappeni olib kelmoqchi

Londonliklar futbolchining onasi va agenti Fayza Lamari bilan aloqaga chiqishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso «Chelsi»ga Kilian Mbappeni olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappeni London klubiga olib kelishga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» forvardi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Football365 nashri.

Manba bergan xabarga koʻra, aristokratlar allaqachon Mbappening onasi va shu bilan birga uning agenti hisoblangan Fayza Lamari bilan aloqaga chiqishgan. «Koʻklar»ning yangi ustozi fransiyalik yulduz bilan «Stemford Bridj»da qayta birlashishni talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning «Real»dagi faoliyati davomida hujumchi bilan munosabatlari juda yaxshi boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Kilian Mbappe 2024 yilda Madrid klubi bilan 2029 yilning iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzolagan edi. Hujumchi joriy mavsumda «Real» safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yilning 17 may kuni Xabi Alonso rasman «Chelsi» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani eʼlon qilingan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting