locale OZ

Xabi Alonso «Chelsi»ga Kamavingani olib kelmoqchi

Bu haqda The Chelsea Chronicle xabar berdi.
Xabi Alonso «Chelsi»ga Kamavingani olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning markaziy chizig‘ini Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan kuchaytirishni istamoqda. Bu haqda The Chelsea Chronicle xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis aynan 23 yoshli fransiyalik yarim himoyachini o‘zining yangi jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.

Kamavinganing «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

O‘tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting