Xabi Alonso: Biz Bellinghemni yanada xavfliroq hududlarga moslashtirish ustida ishlayapmiz
Ispaniya La ligasi 11-turidan o'rin olgan Real Madrid hamda Valensiya 4:0 uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xabi Alonso fikr bildirdi.
"Bellinghem juda ham mukammal futbolchi. U to'p bilan ham, to'psiz ham o'z darajasini yuqori holatda ushlab tura oladi. Jud hamma narsani o'zida mujassam etgan futbolchi hisoblanadi. Biz Bellinghemni yanada xavfliroq hududlarga moslashtirish ustida ishlayapmiz.
Biz Enfildda mashg'ulot o'tkazmaymiz. Biz 200 talab kameralar bizni tasvirga olishini xohlamaymiz.
Vinisius yaxshi o'yin o'tkazdi. Mbappe hamda Vinisius o'rtasidagi munosabatlar a'lo darajada.
Karreras hammasini ajoyib bajardi. Himoyada ham hujumda ham qaror qabul qilishi juda ham yaxshi. Bizda u kabi himoyachi borligidan baxtlimiz",-dedi mutaxassis.