locale OZ

Vinisius yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni «Real» bilan JCH-2026dan so‘ng o‘tkazadi

Braziliyalik yulduz hozirda bir mavsum uchun taxminan 20 million yevro maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni «Real» bilan JCH-2026dan so‘ng o‘tkazadi
ФОТО: Getty images

"Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni 2026 yilgi jahon chempionati yakunlangach davom ettiradi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar futbolchining e’tiborini mundialga qaratish uchun muzokaralarni turnir tugagach qayta boshlashga kelishib olgan. Agar shu vaqtgacha yangi shartnoma imzolanmasa, Vinisius 2027 yil 1 yanvardan boshlab boshqa klublar bilan erkin muzokara olib borish huquqiga ega bo‘ladi.

Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi asosiy kelishmovchilik maosh masalasida. Braziliyalik yulduz hozirda bir mavsum uchun taxminan 20 million yevro maosh oladi. Uning vakillari bu miqdorni 30 million yevrogacha oshirishni talab qilmoqda. Biroq "Real" bunday shartlarga rozi bo‘lish ehtimoli past deb baholanmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Vinisius barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting