locale OZ

Vinisius: «Shu ruhda davom etishimiz kerak»

Braziliyalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius: «Shu ruhda davom etishimiz kerak»
ФОТО: Getty images

“Real" hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasidagi "Vilyarreal"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Vini dublga erishdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Bu g‘alabadan juda xursandman. Muxlislarimiz biz uchun hamma narsani anglatadi. O‘ylaymanki, bugun hammaga yoqadigan futbolni namoyish qildim. Shu ruhda davom etishim kerak. FIFA kunlaridan so‘ng bizni yanada qiyin bahslar kutmoqda. Umid qilaman, hech kim jarohatlanib qaytmaydi. Oldinda uzoq mavsum bor," — dedi Vinisius.

Eslatib o‘tamiz, "Real" 8 turdan keyin ochkolarini 21 taga yetkazib, peshqadamlikka qaytdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting