Vinisius «Real»da qoladi
“Real” hujumchisi Vinisius Junior yaqin vaqt ichida jamoani tark etmaydi. Jurnalist Migel Serrano ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchining 2027 yil yozida tekinga ketib qolish ehtimolidan xavotir olmayapti.
Futbolchi shaxsan “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peresga bunday holat yuz bermasligini va’da qilgan. Vinisius o‘z bayonotida “Real”da uzoq yillar qolish niyati borligini ta’kidlab, hatto shartnoma uzaytirilmasa ham, faqat klub uchun manfaatli bo‘lgan transfer orqali ketishini aytgan.
Vinisius 2018 yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma berdi.