locale OZ

Vinisius qishki transferlar vaqtida «Real»ni tark etishi mumkin

Braziliyalik vinger Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius qishki transferlar vaqtida «Real»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior qishgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar bermoqda .

Manbaga koʻra, braziliyalik vinger «qaymoqranglilar» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Shu bois unga «Manchester Siti», «Chelsi» hamda bir qator Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, 25 yoshli Vinisius 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u klub miqyosida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Vinisiusning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning iyun oyigacha amal qiladi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting