locale OZ

Vinisius Peresga Alonso sabab shartnomani uzaytirmayotganini aytdi - manba

Futbolchi murabbiy oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Peresga Alonso sabab shartnomani uzaytirmayotganini aytdi - manba
FOTO: Getty Images

Vinisius Junior «Real» rahbariyatiga bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlar tarangligicha qolayotgani sabab shartnomani uzaytirishni istamasligini bildirgan. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «uchta ishonchli suhbatdosh» ushbu ma’lumot o‘tgan oy oxirida klub prezidenti Florentino Peres bilan bo‘lgan uchrashuvda yetkazilgani haqida ma’lumot bergan. Ularning barchasi o‘z munosabatlariga zarar yetmasligi uchun anonim qolishni so‘ragani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha The Athletic Vinisius bilan Alonso o‘rtasida konflikt yuzaga kelgani haqida yozgandi. Taxminlarga ko‘ra, ziddiyat La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» (2:1)ga qarshi o‘yinda futbolchi ikkinchi taymda almashtirilgach boshlangan. O‘sha paytda braziliyalik o‘z noroziligini keskin tarzda bildirgani aytiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting