Vinisius «Liverpul»ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
Madridning “Real” jamoasi vingeri Vinisius Junior “Liverpul”ga o'tishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “Real”ga 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, bonus sifatida yana 30 mln yevro ham beriladi.
2024/2025 yilgi mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda jami 58 o'yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Bahrom Bobonov
Redaktor