Vinisius Junior “Real”ning mutlaq rekordchisiga aylandi
FOTO: Transfermarkt
Ispaniya kubogi
01.04.2025, Yak.
Real Madrid
4
Real Sociedad
4
Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Real Sosedad”ga qarshi bahsda ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan “Real” vingeri Vinisius Junior klub rekordchisiga aylandi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi Ispaniya Kubogi doirasidagi 25 ta o'yinda 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bu “Real” tarixidagi eng yaxshi va turnir tarixidagi uchinchi natija hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, musobaqa rekordchisi “Barselona”ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bo'lib, uning hisobida 27 ta golli uzatma bor.
Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist