locale OZ

Vinisius Junior «Real»ni tark etishi mumkin — manba

Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Junior «Real»ni tark etishi mumkin — manba
ФОТО: Getty images

“Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli juda kam, deb hisoblamoqda.

Vinisiusning kelajagi borasida klub hali yakuniy qarorga kelmagan. Sababi, futbolchi ayni paytda Braziliya milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionati bahslarida ishtirok etmoqda. Musobaqa yakuniga yetgach, barcha masalalar hal bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018 yilda Braziliyaning “Flamengo” klubidan Madridning “Real” jamoasiga o‘tgan edi. Hozirgacha madridliklar safida 373 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 127 ta gol va 100 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting