locale OZ

Vinisius agentidan yangi jamoa topishni soʻradi

Braziliyalik vinger «Real»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius agentidan yangi jamoa topishni soʻradi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior oʻz agentidan yangi jamoa topishni soʻradi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, braziliyalik futbolchi agar bosh murabbiy Xabi Alonso uni kelajak rejalarida muhim oʻyinchi sifatida koʻrmasa, klub bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas.

Eslatib oʻtamiz, Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidagi «Barselona»ga (2:1) qarshi oʻyinda Vinisius 72-daqiqada almashtirilgach, murabbiyga nisbatan keskin noroziligini bildirgan va maydonni tark etib, tunnelga yoʻl olgandi. Biroq oradan biroz vaqt oʻtib, futbolchi zaxira o'rindig‘iga qaytib kelgan va oʻyinni jamoadoshlari bilan birga tomosha qilgan.

Maʼlumot uchun, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 150 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting