Viktor Gyokeresh 75 million yevro evaziga “Arsenal”ga o'tadi - A Bola
FOTO: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi “Sporting” markaziy hujumchisi Viktor Gyokereshni sotib olmoqchi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “kanonirlar” 26 yoshli futbolchi bilan 4 yoki 5 yillik shartnoma va har mavsum uchun 8,3 million yevrolik maosh bo'yicha kelishib olgan. Londonliklar ushbu transfer uchun “Sporting”ga 75 million yevro to'laydi.
Ma'lumot uchun, Gyokeresh “Sporting”da 2023-yilning iyul oyidan buyon o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist