locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Vieira YChL finalida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi

Futbol 10 may 2025 da 10:50
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Vieira YChL finalida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi
Photo: Getty Images

Milaning “Inter” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieira YChL finalida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi. Vieira hozirda Italiya “Jenoa” klubini boshqarmoqda.

"Men Myunxenga finalga boraman. Bolaligimda Parijga kelganman va shu zahotiyoq "PSJ"ga oshiq bo‘lganman, muxlis edim. Lekin ichimda "Inter"ning ham bir bo‘lagi bor. Milanda uch yarim yil o‘tkazdim va bu ajoyib vaqt edi.

O‘ylaymanki, "Inter" so‘nggi yillarda qilgan ishlarini hisobga olsak, g‘alaba qozonishga loyiq. Ammo dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri Mbappeni qo‘yib yuborishga jur’at etgan "PSJ" ham finalga chiqdi. "Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, men baxtli bo‘laman", - deya Vieira so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida "Inter" va "PSJ" jamoalari to‘qnash kelishadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting