locale OZ

Vidich: «Yamal hech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yugurmaydi»

JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuv Ispaniyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vidich: «Yamal hech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yugurmaydi»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
06.07.2026, Yak.
Portugaliya
0
Ispaniya
1

«MYU»ning sobiq himoyachisi Nemanya Vidichning fikricha, Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalning harakatlari Portugaliya himoyachisi Nunu Mendeshning jarohat olishiga olib kelgan.

JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuv Ispaniyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mendesh Yamal ortidan tezkor yugurish amalga oshirganidan so‘ng, 56-daqiqada jarohat sababli zaxiraga olindi.

«Bu yigitchaning naqadar ajoyibligi mana shunda. Mening fikrimcha, u mini-Messi — men uni shunday atayman. U o‘z fintlari va driblingi bilan Nununi qanot bo‘ylab bir necha bor yugurishga majbur qildi, yakunda esa u shunday tezkor harakatlardan birida jarohat oldi.

Lamin Yamal hech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yugurmaydi — u to‘p bilan doimiy ravishda harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi. Uning o‘yinini kuzatish shunchaki zavq bag‘ishlaydi», – dedi Vidich.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting