locale OZ

Krishtianu Ronaldu: «Sening argentinalik ekaningni bilaman»

6 iyul kuni Portugaliya 1/8 final bahsida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu: «Sening argentinalik ekaningni bilaman»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
06.07.2026, Yak.
Portugaliya
0
Ispaniya
1

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini ma’lum qildi.

6 iyul kuni Portugaliya 1/8 final bahsida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

– Avvalo, futbol uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Barchamiz sizning Messi bilan raqobatingizdan zavq oldik. Siz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yin oldidan nimalarni his qilyapsiz? Bu yerdagi muxlislarga nima demoqchisiz?

– Bu mening so‘nggi Jahon chempionatim bo‘ladi (kuladi)... Qiziq savol, menga yoqdi. Oxir-oqibat insonlar qoladi. Bizga muxlislik qiladiganlar, unutilmas lahzalarni hadya eta oladiganlarimiz. Shuningdek, biz bilan birga mehnat qiladigan odamlarni ham ko‘ryapman. Bu — ajoyib xotiralar.

Parvoz paytida bir bort kuzatuvchisi argentinalik ekanini darhol sezdim. Buni faqat menga qarashi orqali tushundim. Unga: «Sening argentinalik ekaningni bilaman. Menga qarading-u, darrov nigohingni olib qochding. Sizlar meni yoqtirmaysizlar...» dedim. Ammo rafiqam — argentinalik. Shuning uchun hammasi joyida.

Har bir lahzadan zavqlanish kerak. Ha, bu mening so‘nggi Jahon chempionatim bo‘ladi. Undan to‘liq bahramand bo‘lishni istayman, — deya 41 yoshli forvardning so‘zlarini keltiradi Record.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting