locale OZ

Valverde «Real»ning birinchi sardori boʻladi

Avvalroq Karvaxal mavsum yakunida Madrid klubini tark etishi eʼlon qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde «Real»ning birinchi sardori boʻladi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde himoyachi Daniel Karvaxal jamoani tark etganidan keyin keyingi mavsumda jamoaning birinchi sardori etib tayinlanadi. Bu haqda El Chiringuito koʻrsatuviga tayanib, Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, urugvaylik futbolchiga ushbu qaror «Qirollik klubi» uni yarim himoyachi Aurelian Tchuameni bilan mushtlashgani uchun 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortganidan soʻng maʼlum qilingan. Shuningdek, «Real»ning ikkinchi sardori hujumchi Vinisius Junior, uchinchi kapitani esa darvozabon Tibo Kurtua boʻlishi alohida taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, payshanba, 7 may kuni mashgʻulot paytida Valverde va Tchuameni oʻrtasida ogʻzaki nizo kelib chiqqani va u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Toʻqnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilib, shifoxonaga olib ketilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting