Valverde «Real» mashg'ulotlariga qaytdi
Federiko Valverde "Real Madrid" mashg'ulotlariga belgilangan muddatdan avval qaytdi. Bu haqda Football Espana xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, u jamoadoshi Orelien Tchuameni bilan yuzaga kelgan mojaro sababli 8 kun mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. To'qnashuv natijasida Valverde boshidan jarohat olib, hatto shifoxonaga yotqizilgan. Har ikkala futbolchi klub tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan.
Tibbiy shtab 27 yoshli urugvaylikka 10–15 kun tiklanishni tavsiya qilgan edi, biroq u belgilangan muddatdan bir necha kun avval safga qaytdi. Shu sababli, Valverdening yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Sevilya"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.
Shu bilan birga, jamoa ichidagi vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda. OAV ma'lumotlariga ko'ra, ayrim futbolchilar Valverdening yozda klubni tark etishini qo'llab-quvvatlamoqda. Unga qiziqish bildirgan jamoalar qatorida Paris Saint-Germain va Manchester United ham tilga olinmoqda. Biroq futbolchining o'zi hozircha Madrid klubini tark etish niyatida emas.