locale OZ

Valverde: Muvaffaqiyatsizliklar va charchoq barchamizni shu holatga keltirdi

Real Madrid futbolchilari Federiko Valverde hamda Orelen Chuameni o‘rtasida ro‘y bergan vaziyat futbol jamoatchiligining diqqat markazida bo'lib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde: Muvaffaqiyatsizliklar va charchoq barchamizni shu holatga keltirdi
photo: gettyimages

Real Madrid futbolchilari Federiko Valverde hamda Orelen Chuameni o‘rtasida ro‘y bergan vaziyat futbol jamoatchiligining diqqat markazida bo'lib turibdi.

Fede ham bayonot berdi.

Asosiy ma’nosi:

• Muvaffaqiyatsizliklar va charchoq barchamizni shu holatga keltirdi.
• Har qanday jamoa ichida bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat, kiyim almashtirish xonasida qolishi kerak edi.
• Real hayotimning muhim bo‘lagi, atrofda ro‘y berayotgan voqealarga befarq bo‘lolmayman.
• Biz doim e’tibor va bosim ichidamiz, ba’zida mayda narsani ham ko‘pirtirib tarqatishadi.
• Bu jamoadoshim bilan arzimagan janjal, tasodifiy jarohat, lekin hech kim qo‘l ko‘tarmadi.
• Agar jamoa tashqarisida muammo kelib chiqsa, jamoadoshlarim uchun turib beradigan birinchi inson men bo‘laman.
• Mag‘lubiyatlar alami ichimda yashasada, bu mavzuga mavsum oxirigacha to‘xtalmoqchi emasdim.
• Tibbiy xulosaga ko‘ra o‘ynay olmayman. Bu va umuman hammasi uchun afsusdaman.
• Qanday qaror qabul qilinsa ham qabul qilishga tayyorman.

Baribir Fedening eng g‘ashiga tekkan narsa jamoa ichidagi gaplar chiqib ketayotgani ekanligini sezish mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting