locale OZ

Valverde jarohatidan soʻng «Real» mashgʻulotlariga qaytdi

Avvalroq urugvaylik futbolchi Tchuameni bilan janjallashib qolgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valverde «Real» mashgʻulotlariga qaytdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Aurelian Tchuameni bilan sodir boʻlgan mojarodan soʻng jamoa bilan birgalikda mashgʻulot oʻtkazdi. Bu haqda «Real» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Avvalroq, toʻqnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilib, shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Har ikki futbolchi ham 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

«Jamoamiz navbatdagi mashgʻulotni oʻtkazdi. «Oviedo»ga qarshi gʻalabali oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar trenajyor zalida tiklanish mashqlarini bajarishdi. Qolgan oʻyinchilar esa maydonda chigalyozdi mashqlari bilan boshlashdi. Shundan soʻng, ular toʻp uzatish va darvoza tomon zarba berish ustida ishladilar.

Yakunda futbolchilar toʻp yoʻqotilgandan keyin yuqori pressing qilish boʻyicha mashgʻulot va kichraytirilgan maydonda oʻyin oʻtkazishdi.

Lunin virusli infeksiya sababli mashgʻulotlarda qatnashmadi, Valverde esa mashgʻulotlarning bir qismini umumiy guruh bilan birga bajardi. Mendi, Militao, Arda Guler va Rodrigo tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Kelgusi uchrashuvda Alvaro Arbeloa jamoasi 17 may kuni La Liganing 37-turi doirasida «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida «Sevilya» mehmoni boʻladi», — deyiladi klub xabarida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting