Valverde ikki-uch haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin
«Real» Valverdening qachon safga qaytishi haqida aniq muddatni ma’lum qilmadi.
ФОТО: Getty images
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federico Valverde jarohat oldi. Klub matbuot xizmati urugvaylik futbolchida to‘piq bog‘lamlarining uchinchi darajali cho‘zilishi aniqlanganini ma’lum qildi.
«Real» Valverdening qachon safga qaytishi haqida aniq muddatni ma’lum qilmadi. Biroq AS nashri klub urugvaylik futbolchining tiklanishi uchun taxminan ikki-uch hafta kerak bo‘lishini kutayotganini yozdi.
Agar tiklanish jarayoni reja bo‘yicha kechsa, Valverde «Real»ning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yubormasligi ham mumkin. Bunga sentyabr–oktyabr oylarida terma jamoalar uchun belgilangan uch haftalik tanaffus sabab bo‘lishi mumkin.