Valverde: «Bu mag'lubiyatni qabul qilish juda qiyin»
"Real" markaziy bahsda "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi.
ФОТО: Getty images
“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“To‘g‘risi, bu mag'lubiyatni qabul qilish juda qiyin. Standart vaziyatda himoyada xatoga yo‘l qo‘yib, uch ochkoni boy berdik. Odatda bu stadionda o‘ynash juda qiyin. Bizda ham, ularda ham imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Standart holatlarda yaxshiroq himoyalanishimiz kerak”, — deya Valverdening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” keyingi tur uchrashuvini “Olimpiakos”ga qarshi 26 noyabr kuni o‘tkazadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist