locale OZ

UZFHM hakamlari \"Buxoro\"-\"Nasaf\" bahsini tahlil qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UZFHM hakamlari "Buxoro"-"Nasaf" bahsini tahlil qildi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvida bosh hakam tomonidan belgilangan ikki penalti holati bo‘yicha ekspert hakamlar guruhi tahlili.

64-daqiqada bosh hakam Akobir Shukurullayev “jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘yin” deb baholab, “Buxoro” darvozasi tomon penalti belgiladi. Biroq, VAR tekshiruvidan keyin ham bosh hakam o'z qarorida qolgan.

Mazkur holat ekspert hakamlar guruhi tomonidan tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, futbolchi to‘pni ataylab qo‘l bilan o‘ynamagani aniqlangan. Ekspertlar bu holatda penalti belgilanishini xato deb topishdi.

Ikkinchi vaziyatda esa “Buxoro” futbolchisi o‘z jarima maydonchasi ichida “Nasaf” futbolchisiga nisbatan qoida buzgan. Bu safar penalti qarori VAR tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Ekspert hakamlar guruhi tekshiruviga ko‘ra ham ushbu epizodda qoida buzilishi mavjud bo‘lib, penalti qarori to‘g‘ri deb baholandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting