locale OZ

Umarali Rahmonaliyev — Ozarbayjon chempioni

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarali Rahmonaliyev Ozarbayjonning Sabah klubi safida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Umarali Rahmonaliyev — Ozarbayjon chempioni
photo: PFL

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarali Rahmonaliyev Ozarbayjonning Sabah klubi safida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, bugun chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan futbolchi aynan O‘zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida porlab, katta futbol sari dadil qadam tashlagan iste’dodlardan biridir.

Umarali Rahmonaliyev 2003-yil 18-avgust kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Toshkentning Bunyodkor klubida boshlagan futbolchi 2019-yilda Pro liga musobaqalarida Bunyodkor-2 jamoasi safida maydonga tushib, o‘zining yuqori salohiyati bilan mutaxassislar e’tiborini torta boshladi.

2020-yilda PFL tomonidan tashkil etilgan U18 O‘zbekiston chempionatida Bunyodkor U18 sharafini himoya qilgan Umarali musobaqa davomida o‘zining iqtidorini namoyish etdi. Aynan Liga musobaqalaridagi ishonchli va yorqin o‘yinlari orqali u 2021-yildan boshlab Bunyodkor o‘rinbosarlar tarkibiga jalb qilindi.

Bunyodkor akademiyasi va o‘rinbosarlar safida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarga asosiy jamoa eshiklari doimo ochiq bo‘lganidek, Umarali Rahmonaliyev ham qisqa vaqt ichida asosiy tarkibga yetib bordi.

2021-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Superligasi 15-turi doirasidagi Bunyodkor — Metallurg uchrashuvida bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov 88-daqiqada yosh futbolchini maydonga tushirdi. Shu tariqa Umarali Rahmonaliyev O‘zbekiston Superligasidagi debyutini nishonladi. Futbolchi mavsum yakuniga qadar yana bir nechta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

2022-yil esa Umarali uchun haqiqiy yuksalish mavsumi bo‘ldi. U Bunyodkorning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, Superligada 21 uchrashuvda maydonga tushdi hamda 6 ta gol urdi. Uning Liga musobaqalaridagi ishonchli o‘yinlari futbolchini legionerlik faoliyati sari yetakladi.

2023-yildan boshlab Umarali Rossiyaning Rubin klubida faoliyat olib bordi. 2025-yil mavsumi yakunida esa futbolchi Ozarbayjonning Sabah klubiga ijaraga o‘tdi. Joriy mavsumda u Ozarbayjon Premyer-ligasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylandi va jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting