locale OZ

UFA: Terma jamoa JCh-2026ga reja asosida tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiy bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: UFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) milliy terma jamoa va bosh murabbiy atrofidagi faol muhokamalar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Press-xizmat xabariga ko‘ra, terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarligi belgilangan dastur asosida olib borilmoqda va jamoaning barcha jihatlarini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

UFA ta’kidladi: tayyorgarlik jarayoni yoki boshqa muhim o‘zgarishlarga oid aniq va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy sahifalar orqali e’lon qilinadi.

Ushbu bayonot, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan — O‘zbekiston futbol rahbariyatining mashhur murabbiylar, jumladan, Yoahim Lyov va Slaven Bilich bilan go‘yoki muzokara olib borgani haqidagi xabarlarga munosabat sifatida berildi. Shuningdek, ushbu mish-mishlar fonida milliy jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida taxminlar ham paydo bo‘lgan edi.

UFA asossiz ma’lumotlar tarqalishining oldini olish va futbol ishqibozlariga faqat ishonchli axborot yetkazishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting