locale OZ

Ueyn Runi jamoat joyida xojatini chiqargani uchun jarimaga tortilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ueyn Runi jamoat joyida xojatini chiqargani uchun jarimaga tortilishi mumkin
FOTO: Graham Hunt/ProSports/Shutterstock

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoat joyida xojatini chiqargani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Runi London ko'chalarining birida xojat chiqarayotgani tasvirlarga tushib qolgan.

Jamoat joyida bunday ishlarni qilish Buyuk Britaniyada jinoyat hisoblanadi. Bu nafaqat jarima, balki jinoiy javobgarlikka tortilishga ham sabab bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ueyn Runi professional futbolchilik faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Di Si Yunayted” va “Derbi Kaunti” klublarida o'ynagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting